Funksiya.uz » Texnologiya Yangiliklari » XPeng uchuvchi minivenini ishga tushirdi: kelajak transporti endi haqiqatga aylandi

XPeng uchuvchi minivenini ishga tushirdi: kelajak transporti endi haqiqatga aylandi

Xitoyning XPeng kompaniyasi dunyoda birinchilardan bo‘lib odamlar uchun dron o‘rnatilgan miniven ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Bu texnologiya avtomobil va aviatsiya o‘rtasidagi chiziqni butunlay yo‘q qilishi mumkin.

XPeng Land Aircraft Carrier

Foto: XPeng

Yangi model — Land Aircraft Carrier deb nomlanadi. U gibrid dvigatelga ega bo‘lib, 1000 km gacha yo‘l bosishi mumkin. Eng hayratlanarlisi — miniven ichidagi ikki o‘rinli kopter mashinaning tanasidan ajralib chiqib, avtopilot yoki qo‘lda boshqariladigan tarzda uchishi mumkin.

To‘g‘ri, hozircha parvozlar faqat hukumat ruxsat bergan maxsus yo‘nalishlarda amalga oshiriladi. Ammo bu bosqich — kelajak transportiga qo‘yilgan katta qadam.

Narxi hozircha sir, lekin taxminan 2 million yuan (≈280 ming dollar) atrofida bo‘lishi aytilmoqda. Sotuvlar 2026 yilda boshlanadi.

Комментариев нет

Чтобы оставить комментарий, необходимо на сайте.
Bosh sahifa
Kanallar
Videolar
Jonli efir
+