
Yaponiya texnologiya olami navbatdagi sensatsiyani namoyish etdi — Science kompaniyasi odam yuvintiruvchi innovatsion qurilma, Mirai Human Washing Machine’ni rasman sotuvga chiqardi. Kompaniya vakili 28-noyabr kuni aytganidek, qurilmaning bahosi 60 million iyen, taxminan 384 ming dollar atrofida. Bu haqda The Chosun ma’lum qildi.
Foydalanuvchi 1×2,5×2,6 metr o‘lchamli kapsulaga kirib, bor-yo‘g‘i 15 daqiqada “to‘liq yuvinish”dan o‘tadi. Mashinaning eng muhim xususiyati — ko‘zga ko‘rinmaydigan mikropufakchalar teri teshiklariga kirib, chuqur tozalashi. Shunga qo‘shimcha ravishda, orqa tomonga o‘rnatilgan sensorlar sog‘liq holatini baholaydi, ekranda esa videolar va musiqa orqali foydalanuvchiga dam olish yordam beriladi.
Science vakili Sachiko Mayekuraning ta’kidlashicha: “Bu mashina nafaqat tanani, balki ruhni ham tozalaydi”.

Mirai aprel oyida Osaka-Kansai Expo‘da ilk bor namoyish etilganidayoq 40 ming kishi uni sinab ko‘rishga ro‘yxatdan o‘tgan. AQSHdagi yirik kurort kompaniyasi qiziqish bildirgach, qurilma sotuvga qo‘yildi. Osakadagi mehmonxonalardan biri Mirai’ni birinchi bo‘lib sotib olgan.
Kompaniya mashinani faqat 50 dona qilib ishlab chiqarishini bildirgan.

Комментариев нет