Funksiya.uz » Texnologiya Yangiliklari » Soliq ilovasi chet elda vaqtincha ishlamaydi

Soliq ilovasi chet elda vaqtincha ishlamaydi


O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining (Soliq) mobil ilovasi vaqtincha foydalanuvchilar uchun ishlamay qoldi. Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, bu texnik-profilaktika ishlari olib borilishi bilan bog‘liq.

Mobil ilovaning faoliyati 4-noyabr kuni soat 18:40 da to‘xtatilib, zarur texnik tadbirlar amalga oshirildi. Davlat soliq qo‘mitasi ishlar muvaffaqiyatli yakunlanganini ma’lum qildi.

Kiberxavfsizlikni ta’minlash maqsadida ilovaning xavfsizlik sertifikatlari yangilandi. Foydalanuvchilarga Soliq ilovasining so‘nggi versiyasini o‘rnatish tavsiya etiladi.

Xavfsizlik nuqtai nazaridan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bo‘lgan foydalanuvchilar 2025-yil 1-dekabrgacha ilovadan foydalana olmaydilar. Shuningdek, 2025-yil 1-dekabrdan boshlab ilovaning eski versiyasidan foydalanish cheklanadi.

Комментариев нет

Чтобы оставить комментарий, необходимо на сайте.
Bosh sahifa
Kanallar
Videolar
Jonli efir
+