Funksiya.uz » Texnologiya Yangiliklari » Telegram sun'iy intellekt uchun Cocoon tarmog'ini ishga tushirdi

Telegram sun'iy intellekt uchun Cocoon tarmog'ini ishga tushirdi


Telegram asoschisi Pavel Durov sun'iy intellekt hisob-kitoblari uchun Cocoon (Kokon) nomli yangi decentral tarmoqni ishga tushirgani haqida ma'lum qildi. Uning so'zlariga ko'ra, ushbu tarmoq foydalanuvchilarga sun'iy intellekt bilan ishlash jarayonida to'liq maxfiylikni ta'minlaydi.

Hozirda Telegramdagi xabarlarni avtomatik tarjima qilish bilan bog'liq so'rovlarning bir qismi ushbu tarmoq orqali amalga oshirilmoqda. Dasturchilar Cocoon tarmog'ining hisoblash quvvatlaridan Microsoft yoki Amazon kabi yirik markazlashgan provayderlarga qaraganda arzonroq narxlarda foydalanish imkoniga ega bo'ladi.

Video karta egalari esa o'z uskunalarini tarmoqqa ulab, real vaqt rejimida TON kriptovalyutasini ishlab topish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

Комментариев нет

Чтобы оставить комментарий, необходимо на сайте.
Bosh sahifa
Kanallar
Videolar
Jonli efir
+