Funksiya.uz » Texnologiya Yangiliklari » Apple 2025-yilning eng yaxshi ilovalarini e'lon qildi

Apple 2025-yilning eng yaxshi ilovalarini e'lon qildi


Apple kompaniyasi 2025-yilning eng yaxshi o‘yinlari va ilovalari ro‘yxatini e’lon qildi. Har yili o‘tkaziladigan App Store Awards mukofoti natijalariga ko‘ra, Cyberpunk 2077 Mac kompyuterlari uchun eng yaxshi o‘yin deb topildi.

iPhone uchun eng yaxshi o‘yin unvonini Pokémon TCG Pocket qo‘lga kiritdi. Howard Lovecraft asarlaridan ilhomlangan Dredge esa iPad uchun eng yaxshi o‘yin deb e’tirof etildi.

Ilovalar orasida Tiimo (iPhone), Detail (iPad) va Essayist (Mac) g‘olib bo‘ldi. Apple TV uchun yilning eng yaxshi ilovasi HBO Max deb tan olindi, Vision Pro qurilmasi uchun esa Porta Nubi o‘yini yetakchi deb topildi.

Madaniy hissasi uchun Chants of Sennaar va despelote kabi mustaqil loyihalar mukofot bilan taqdirlandi.

Комментариев нет

Чтобы оставить комментарий, необходимо на сайте.
Bosh sahifa
Kanallar
Videolar
Jonli efir
+