
Xitoyning Xiaomi kompaniyasi yangi avlod flagman smartfonlarini – Xiaomi 15T va 15T Pro modellari bilan namoyish qildi. Ularning eng katta yangiligi — Offline Communication texnologiyasi bo‘lib, bu orqali foydalanuvchilar mobil tarmoq yoki internetdan foydalanmasdan ham 1,9 km masofagacha qo‘ng‘iroq qila oladi.
Dizayn va ekran
- Xiaomi 15T – 120 Gs yangilanish chastotasiga ega AMOLED displey.
- Xiaomi 15T Pro – 144 Gs AMOLED LIPO panel.
- Har ikki model ham 6,83 dyuymli katta ekran bilan ta’minlangan.
Kamera imkoniyatlari
- 50 MP asosiy kamera.
- Pro versiya: 5 karra periskopli zum va 8K formatda video yozish imkoniyati.
Texnik xususiyatlar
- Chipsetlar: MediaTek Dimensity 8400-Ultra (15T) va Dimensity 9400+ (15T Pro).
- Akkumulator: 5500 mAch sig‘im.
- Quvvatlash tezligi:
- 15T – 67 Vt simli,
- 15T Pro – 90 Vt simli va 50 Vt simsiz.
- Himoya: IP68 sertifikati – suv va chang‘dan himoyalangan.
Xiaomi’ning ushbu flagmanlari nafaqat yuqori tezlikdagi ishlash va professional kamera imkoniyatlari bilan, balki tarmoqsiz ham aloqa o‘rnatish funksiyasi bilan boshqa smartfonlardan ajralib turadi.

Комментариев нет